Senatorlar elektron tijorat sohasini hamda raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqdi
Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining majlisida senatorlar elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqdi.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunning muhokamasi davomida elektron tijorat ishtirokchilari hamda operatorlarining huquq va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, transchegaraviy elektron tijoratni amalga oshirish, raqamli mahsulotlar eksporti va importining oʻziga xos xususiyatlarini tartibga solishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.
Bundan tashqari, “Raqamli markirovkalash tizimining samaradorligi oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun ham koʻrib chiqildi.
Unga asosan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslariga soliq solinishi va ularning hisobga qoʻyilishi hamda hisobdan chiqarilishi borasida yangi normalar mustahkamlanmoqda.
Shuningdek, tovarlarni majburiy markirovkalash qoidalariga rioya etilishi boʻyicha masofaviy soliq tekshiruvini mazkur qoidalarni buzish holatlari bilan bogʻliq huquqbuzarlik toʻgʻrisida ikki marta rasmiy ogohlantirish berilganidan keyin oʻtkazish belgilanmoqda.
Qoʻmita aʼzolari oʻz chiqishlarida ushbu Qonun aholini sifatli va ishonchli mahsulotlar bilan taʼminlashga, yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirishga hamda soliq toʻlovchilar uchun soliq yukini kamaytirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring