Senator Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi seminarida ishtirok etdi
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova “Mahalliy hokimiyat organlari va chegaraoldi hududlar hamkorligi” mavzusida oʻtkazilgan seminarda ishtirok etdi. Tadbir Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) tomonidan Turkiya Respublikasida tashkil etildi.
Ishtirokchilar muhokamalarda mahalliy hokimiyat organlari salohiyatini kuchaytirish, ushbu yoʻnalishda oʻzaro tajriba almashishni ragʻbatlantirish hamda parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratdi.
Taʼkidlanganidek, globallashuv sharoitida mahalliy davlat hokimiyati organlari mintaqaviy taraqqiyot, transchegaraviy tashabbuslar, xalqaro birdamlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring