Senator Qozogʻistonda umumxalq referendumini monitoring qilishda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi

21:32 16 Mart 2026 Siyosat
367 0

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Anvar Tuychiyev joriy yilning 15-mart kuni yangi tahrirdagi Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish boʻyicha oʻtkazilgan respublika referendumining monitoringida MDH Parlamentlararo Assambleyasining xalqaro kuzatuvchilar missiyasi tarkibida ishtirok etdi.

145 nafar deputatdan tashkil topadigan va yangi, kengaytirilgan vakolatlarga ega boʻlgan bir palatali parlament – Qurultoyni shakllantirish Konstitutsiya loyihasining asosiy yangiliklaridan biri boʻldi.

Uni shakllantirishda proporsional saylov tizimidan foydalaniladi, deputatlar vakolatlarining muddati esa 5 yilni tashkil qiladi.

Vitse-prezident institutining taʼsis etilishi va umummilliy muloqotning yangi platformasi – Qozogʻiston Xalq Kengashi tashkil etilishi loyiha bilan kiritilayotgan yangiliklaridan biri hisoblanadi.

Senator respublika referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini Ostona shahri va Akmolin viloyatida monitoring qildi hamda saylov uchastkalariga tashrif buyurdi.

Referendum doirasida Qozogʻiston Senati Raisi Maulen Ashimbayev va Qozogʻiston Konstitutsiyaviy sudi raisi Elvira Azimova bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda yangi Konstitutsiyani qabul qilish boʻyicha umumxalq referendumiga tayyorgarlik koʻrish jarayoni va uning mamlakat siyosiy tizimi va davlat institutlarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?