Senator Namanganda bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov Namangan viloyatiga xizmat safari davomida bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ilmiy izlanishlari, innovatsion gʻoyalari hamda kelajak rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqot jarayonida davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ilgari surilgan muhim tashabbus va takliflarning mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi. Ushbu tashabbuslarni amaliyotga samarali joriy etish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring