Senator davlat boshqaruvini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Kodirxonova Toshkent shahrida “Kelajak uchun davlat boshqaruvini mustahkamlash” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, strategik rejalashtirishni joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Anjuman davomida “Oʻzbekiston davlat boshqaruvining salohiyatini oshirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida erishilgan amaliy natijalar taqdim etildi. Strategik rejalashtirish tizimini shakllantirish, natijadorlikka asoslangan boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatini modernizatsiya qilish borasidagi yutuqlar shular jumlasidandir.
Davlat boshqaruvida inklyuziv yetakchilikni rivojlantirish va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan alohida muhokama ham boʻlib oʻtdi. Unda senator davlat boshqaruvida ayollar yetakchiligini kuchaytirish, ularning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda institutsional islohotlarda faolligini oshirish zarurligini taʼkidladi.
Mazkur konferensiya davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va oʻzaro fikr almashish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring