Senator AQSHni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi

17:29 18 Aprel 2022 Dunyo
963 0

Foto: Reuters

Agar AQSH u yerga oʻz qoʻshinlarini yubormasa, Ukraina “ikkinchi Suriya”ga aylanishi mumkin. Ushbu fikrlarni “CBS” telekanali efirida AQSHning Delaver shtatidan senator Kristofer Kuns maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, prezident Jo Bayden Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar sohasida koʻp ish qilgan. Ammo hozir vaziyat juda taranglashgan.

Avvalroq “The Washington Post” gazetasi Moskva Qoʻshma Shtatlarni “olovga yogʻ sepmaclik” va Kiyevga qurol yetkazib berishni toʻxtatishga chaqirgani haqida yozgan edi.

Rasmiy ravishda Rossiya tomoni Amerika rasmiylariga murojaat haqida xabar berilmadi. Ammo Davlat departamenti “Hech narsa bizni tanlangan strategiyadan voz kechishga majbur qilmaydi”, deya maʼlum qildi. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” boshlanishidan oldin ham keng koʻlamli yetkazib berish haqida ogohlantirganini bildirdi.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazishga qaror qilganini maʼlum qildi. Bu qaror AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qoʻllanishiga sabab boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер