Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Turkiy investitsiya jamgʻarmasi prezidenti Bagdat Amreyevni qabul qildi
28-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan Turkiy investitsiya jamgʻarmasi prezidenti Bagdat Amreyev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan ikkinchi xalqaro investitsiya forumi hamda Oʻzbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
B.Amreyev soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda investitsiyaviy muhitning jalb etuvchanligi ortganini taʼkidlab, investorlarni jalb etish uchun berilayotgan imtiyoz va yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida toʻxtaldi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining faoliyatida muhim oʻrin tutishini hamda Tashkilot ishidagi faol ishtirokini eʼtirof etdi.
Bundan tashqari, B.Amreyev alohida ahamiyatga ega boʻlgan muhim siyosiy tadbir – referendumga tayyorgarlik ishlarini yuqori baholadi.
Uchrashuv soʻnggida Oʻzbekiston va Turkiy investitsiya jamgʻarmasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring