Senat qoʻmitasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 27-mart kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum parlament nazoratini ilmiy-uslubiy jihatdan mustahkamlash hamda qonun ijodkorligi sifatini oshirishga qaratilgan.
Ushbu hamkorlik parlament faoliyatini ilmiy-tahliliy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni, qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirishni, qonunchilik jarayoniga ilmiy yondashuvni keng joriy etishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga, xalqaro munosabatlar va iqtisodiy diplomatiya masalalari yuzasidan konferensiyalar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etishda ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilishga eʼtibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi
- Javohir Sindarov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi
- Ijtimoiy himoya tizimida yangi mexanizmlar joriy etiladi
- Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish sohasida qaysi davlatlar korxona ochgan?
- Tadbirkor bilan muloqot qiladigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy boʻladi
- Mamlakat madaniyatiga boʻlgan oddiy va samimiy hurmat belgisi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring