Semizlik va ortiqcha vazn davlat xarajatlarining ortishiga olib kelmoqda
Arxiv surat
Ortiqcha vazn davlat xarajatlarining koʻpayishiga olib keladi. Shuning uchun fuqarolar orasida sogʻlom turmush tarziga rioya qilishni rivojlantirish taklif etilmoqda.
Bu haqda Jahon banki mutaxassislari tomonidan tayyorlangan maʼruzada keltirib oʻtilgan.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, semizlik dunyoning deyarli barcha mamlakatlarining milliy iqtisodiyotga salbiy taʼsir qiladi.
Maʼruza qayd etilishicha, hozir sayyoramizda yashayotgan katta yoshli odamlarning 44 foizi (2 milliarddan ortiq odam), bolalarning 6 foizi (5 yoshgacha), oʻsmirlarning esa 20 foizi (19 yoshgacha) ortiqcha vaznga egaligi aniqlangan. Ortiqcha vazn bilan bogʻliq kasalliklar tufayli har yili 4 million kishi hayotdan erta koʻz yummoqda. Kasal boʻlganlarning avvalroq nafaqaga chiqishi esa mehnat unumdorligining pasayishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash tizimi jiddiy bosimlarga duch kelayotir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring