FVV O‘zbekistonda yana sel kelish xavfidan ogohlantirdi

2018 yilning 19-21 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.
“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholisi, ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50«Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz», deyiladi vazirlik bayonotida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring