Savobli yumushda barcha birdek faol ishtirok etmoqda

18:17 14 Mart 2023 Jamiyat
619 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi mavjud 59 ta qabristonda koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Ixtiyoriy qatnashchilar tomonidan 190 gektar maydon tartibga keltirildi.

— Hamyurtlarimiz saʼy-harakati bilan 20 ming tupdan ziyod anzarali daraxtlarga shakl berilib, 800 metrdan iborat ariqlar tozalandi, — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Muzaffarjon Karimov. — 31 ming 700 metr yoʻlakchalardagi nosozliklar bartaraf etilib, qoʻshimcha 70 metr beton yoʻlakcha qurildi. Shuningdek, 63 ta maʼmuriy bino va 92 ta ayvon joriy taʼmirlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hosil boʻlgan 60 tonna chiqindi atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda yoʻq qilindi.

Aytish joiz, joriy yilning oʻzida tumandagi qabristonlarning yoʻlaklari chetiga ekilgan manzarali daraxt koʻchatlarining soni 10 ming donadan oshdi. Nuroniylar boshchiligida kattayu kichik birdek faollik koʻrsatgan bunday savobli yumushni muntazam amalga oshirishga kelishib olindi.

Bu kabi xayrli ishlar viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Saminjon HUSANOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер