Savdo tarmoqlari Ramazon oyida narxlar barqarorligini taʼminlash yuzasidan ogohlantirildi

11:52 16 Fevral 2026 Iqtisodiyot
302 0

Joriy yilning 13-fevral kuni Prezidentimiz saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi boʻlgan Ramazon kunlarida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash har qachongidan ham muhim ekanini taʼkidlab, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi. Davlatimiz rahbari, shuningdek, dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlashni topshirdi.

Shu munosabat bilan, Raqobat qoʻmitasi yirik savdo tarmoqlari va respublikamiz hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyida narxlari barqarorligini taʼminlash muhimligi toʻgʻrisida ogohlantirdi.

Unga koʻra, yuqoridagilar ijrosi yuzasidan, Qoʻmita tomonidan yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlardagi savdo komplekslari:

Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni oʻzgartirishi logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar toʻgʻrisida Qoʻmitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari boʻyicha koʻrsatmalar yuborilgan.

“Raqobat qoʻmitasi xalqimiz uchun muhim boʻlgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash borasida oʻz vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni koʻrib borishini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер