Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Oʻzbekistonda umumiy quvvati 4100 MVt boʻlgan 5 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini qurmoqda

12:49 04 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
969 0

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda umumiy quvvati 4100 MVt boʻlgan 5 ta — 2600 MVt quvvatli 3 ta shamol va 1500 MVt quvvatga ega 1 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.

Xususan:

— Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt boʻlgan 1 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;

— Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan boʻlgan 2 ta;

— Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan 2 ta shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Taqqoslash uchun: 4100 MVt quvvat Oʻzbekistonda amaldagi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarining 23 foizini tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер