Saudiya Arabistonida Umraga ruxsat etildi
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi sabab kiritgan izolyatsiya choralarini bekor qilganidan soʻng, ibodat uchun muqaddas sanalgan joylarga tashrif buyuruvchi ziyoratchilar Makkaga yana qaytib kelishdi. Bu haqda UzReport AA xabar berdi.
Haj safari uchun iyul oyida ramziy maʼnoda ziyoratchilarning soni cheklangan xolda ruxsat berilgan edi.
Yakshanba kunidan boshlab esa kichik Xaj safari hisoblangan Umra ziyorati uchun ruxsat berildi.
Birinchi bosqichda ziyoratni kun davomida 6000 kishi, yaʼni Saudiya Arabistoni fuqarolari amalga oshirishi mumkin. Chet elliklar esa ziyoratni 1-noyabrdan boshlab amalga oshirishlari mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring