Saudiya Arabistoni matbuoti Namangan va Jidda shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovlari yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qildi
Saudiya Arabistonining Turizm yangiliklar agentligi “TNA_media24” oʻzining Twitterdagi sahifasida “Qanot Sharq” aviakompaniyasi “Namangan – Jidda – Namangan” yoʻnalishi boʻyicha parvozlar amalga oshira boshlagani toʻgʻrisida eʼlon qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Manbaning maʼlum qilishicha, muqaddam ushbu aviakompaniya arab davlatlariga Oʻzbekiston poytaxti Toshkent orqaligina parvozlarni amalga oshirgan.
“Endi kompaniyaning “Airbus A321” rusumli samolyotlari yuzlab ziyoratchilarni Namangan shahridan toʻgʻridan-toʻgʻri Jiddaga yetkazib keladi”, deb yozadi “TNA_media24”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring