Saudiya Arabistoni hukumati Oʻzbekistonga 50 dona brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qurʼoni Karim kitoblarini taqdim etdi

13:50 02 Fevral 2024 Jamiyat
177 0

Saudiya Arabistoni Islom ishlari, daʼvat va hidoyat vazirligi Oʻzbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligiga brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qurʼoni Karim kitoblarini taqdim etdi.

Texnik-hamkorlik va grantlar asosida qabul qilingan ushbu muborak kitoblar Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyatiga taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Mazkur begʻaraz yordam shaklida berilgan kitoblar 15 ming AQSH dollariga teng.

Brayl alifbosidagi ushbu muqaddas Qurʼon kitoblari tez kunlarda Oʻzbekistonga yetkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер