Saudiya Arabistoni Hajga roʻyxatdan oʻtkazishni boshladi
Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi oʻz veb-saytida bu yil haj qilishni xohlovchilar uchun roʻyxatdan oʻtishni ochdi. Marva Tur maʼlumotlariga koʻra, 10 ming ziyoratchilarning 70 foizi qirollikda istiqomat qiluvchi chet elliklar, qolgan 30 foizi Saudiya fuqarolari boʻladi.
Shu bilan birga, Saudiya fuqarolari orasida haj qiluvchilar faqat koronavirus bilan kasallanib tuzalgan shifokorlar va xavfsizlik xizmati xodimlari boʻlishi mumkin.
Chet el fuqarolariga kelsak, faqat ilgari Haj amalini bajarmagan va surunkali kasalliklarga duchor boʻlmagan 20 dan 50 yoshgacha boʻlgan ziyoratchilar murojaat qilishlari mumkin.
Xabar qilinishicha, barcha ziyoratchilar Hajdan oldin va keyin 14 kunlik karantindan oʻtishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring