Saudiya Arabistoni butun dunyoda neft narxini pasaytirdi
Фото: Depositphotos
Saudiya Arabistonining “Saudi Aramco” davlat kompaniyasi talabning kamayishi fonida sayyoramizning barcha mintaqalarida fevral oyida yetkazib beriladigan “Arab Light” nefti narxini pasaytirdi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.
Manbaga koʻra, Osiyo bozorlariga yetkazib berish narxi bir barrel uchun 1,5-2 dollar atrofida pasaytirildi.
Shuningdek, fevral oyida Shimoliy-Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta Yer dengizi va Shimoliy Amerika mamlakatlari uchun neft yetkazib berish narxi ham pasaytirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring