Sanoatchilarning muhim anjumani

15:45 18 Noyabr 2019 Jamiyat
1340 0

Foto: Alixan Utarbekov/“Xalq soʻzi”

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspormarkaz” majmuasida Oʻzbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi oʻz ishini boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Savdo sanoat palatasi kabi hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir davlatimiz rahbarining joriy yil 1-maydagi “Sanoat kooperasyaisini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 30-sentyabrdagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”i qarorlari asosida oʻtkazilmoqda.

Foto: Alixan Utarbekov/“Xalq soʻzi”
Foto: Alixan Utarbekov/“Xalq soʻzi”
Foto: Alixan Utarbekov/“Xalq soʻzi”

Uning ochilish marosimida alohida qayd etilganidek, mazkur yarmarka sanoatchilarning yirik anjumani sifatida raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirishda, ichki tarmoq va tarmoqlararo aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, unda soha vakillariga yangi hamkorlar topish, buyurtmalar portfelini shakllantirish, qoʻshimcha shartnomalar imzolash uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganki, bu iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa, sanoatni rivojlantirishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Oʻzbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida respublikamizdagi 1000ga yaqin sanoat ishlab chiqaruvchilari 10 mingdan ortiq mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер