Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga parvozlar uchun aviachiptalar narxi arzonlashdi
Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga parvozlar uchun aviachiptalar narxi arzonlashdi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, Sankt-Peterburg – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar har kuni (chorshanba va juma kunlaridan tashqari) amalga oshiriladi. Sankt-Peterburgdan Samarqandga esa parvozlar har juma kuni amalga oshiriladi.
Sankt-Peterburg – Toshkent va Sankt-Peterburg – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha aviachiptaning yangi narxi 1 226 308 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi. Narxlar 16.02.2022 holatiga koʻra amal qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring