Sankt-Peterburgda 20 dan ortiq muhojirlar katta mushtlashuv uyushtirdi
14-noyabr kuni Sofiya koʻchasidagi sabzavot bazasi hududida migrantlar mushtlashdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, soat 17:43 da navbatchi boʻlinmaga “112” xizmati orqali Sofiyadagi sabzavot ombori hududida 20 ga yaqin odam mushtlashgani haqida xabar kelib tushgan.
Yetib kelgan politsiya janjal oshxonada, oʻzbek va ruslar oʻrtasida sodir boʻlganini aniqladi.
Hammasi boʻlib 22 nafar shaxs tergov uchun ichki ishlar boʻlimiga olib ketilib, ulardan sakkiz nafari qoʻlga olindi.
Qoidabuzarlarga nisbatan maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring