Sanʼat maktablarini rivojlantirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi
Oqqoʻrgʻon tumani Madaniyat boʻlimida viloyat hokimining oʻrinbosari J.Bobojonov, viloyat Madaniyat boshqarmasi boshligʻi A.Shomurodov, tuman hokimi oʻrinbosari J.Djanikulovlar hamda boʻlim va 25-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuvda madaniyat boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Toʻrgʻay”, “Navroʻzi ajam” folklor-etnografik xalq jamoalari hamda “Quvonch” va “Yodgor” bolalar raqs dastasi jamoalarining kelgusidagi olib boriladigan ishlari rejasi, bajarilish lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha topshiriqlar berilib, kerakli qarorlar qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring