Samvel Babayan Xitoy klubi bosh murabbiyligidan ham ketdi

17:49 05 Oktyabr 2020 Sport
1198 0

Xitoy birinchi ligasida ishtirok etayotgan «Changchun Yatay» klubi bosh murabbiy, oʻzbekistonlik Samvel Babayan ishdan ketganini eʼlon qildi. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar berdi.

Babayan bu jamoani 2019-yilning dekabridan beri boshqarib kelayotgandi. «Changchun Yatay» joriy mavsumda 7 ta oʻyindan keyin 14 ochko toʻplagan holda guruhda 2-oʻrinni egallab turgandi.

Samvel Babayan nega isteʼfoga chiqarilgani haqida xabar qilinmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер