Samolyot halokati: Qurbonlar soni 120 kishiga yetdi
Janubiy Koreya rasmiylari Janubiy Koreyaning Jeollanam-do provinsiyasidagi Muan aeroportida yuz bergan samolyot halokatida 120 kishi halok boʻlganini tasdiqladi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Rasmiylar halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyotining deyarli barcha yoʻlovchilari (175) va ekipaj aʼzolari (6 kishi) halok boʻlganini tan olishadi. Ulardan 2 nafari tirik qolgan. Jeju Air aviakompaniyasi halok boʻlganlarning oilalariga yordam koʻrsatishga vaʼda berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halokat qushlar bilan toʻqnashuv natijasida qoʻnish moslamasining nosozligi tufayli yuz bergan. Ekipaj samolyotni qoʻndirmoqchi boʻlgan, biroq samolyot tezligini pasaytira olmagan va uchish-qoʻnish yoʻlagi oxiridagi konstruksiyaga urilib, yongʻinga sabab boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring