SamDU Tojikiston pedagogika instituti bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi
Foto: Shavkat AKRAMOV
Samarqand davlat universitetiga Tojikiston pedagogika instituti rektori, professor Ansoriy Muazzamxon Qudratzoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolari bilan Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xabariga koʻra, Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Filologiya, tarix, arxeologiya, pedagogika, psixologiya yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring