SamDU rektori Xitoyning eng nufuzli universitetining “Faxriy professori” unvoniga sazovor boʻldi
Foto: SamDU Axborot xizmati
Xitoyda oʻtkazilayotgan “Ipak yoʻli universitetlari assotsiatsiyasi”ning yigʻilishida Sian Jiatong universitetining prezidenti, professor Vang Shuguo Samarqand davlat universiteti (SamDU) rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodovga Sian Jiatong universitetining “Faxriy professori” unvonini topshirdi. Bu haqda Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xitoyning Sian Jiatong universiteti 2015-yil yanvar oyida “Ipak yoʻli universitetlari assotsiatsiyasi” ittifoqini tuzish tashabbusini ilgari surgan. 2015-yil 22-may kuni Sian shahrida “Ipak yoʻli universitetlari assotsiatsiya” tashkil etildi va Sian deklaratsiyasi qabul qilindi. Assotsiatsiyaga hozirga qadar 37 mamlakatdan 150 dan ortiq universitetlar aʼzo hisoblanadi. Samarqand davlat universiteti mazkur tuzilmaga 2018-yilda aʼzo boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring