Samarqandning ayrim hududlarida oʻquvchilar qishki taʼtildan ertaroq qaytadi
Foto: Illustrativ surat
Sentyabr oyidagi SHHT sammiti sababli navbatdan tashqari taʼtil berilgan maktab oʻquvchilari qishki taʼtildan boshqa joylardagiga nisbatan ertaroq qaytadi. Bu haqda viloyat xalq taʼlim boshqarmasi xabar bermoqda.
Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari oʻquv yili davomida beriladigan taʼtillar hisobiga qoplanishi belgilangan. Shunga koʻra, 9, 10, 12, 13, 14-sentyabr kunlari qoldirilgan darslar oʻrni qishki taʼtil kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (5, 6, 7, 9, 10-yanvar kunlari) jami 5 oʻqish kuni hisobidan toʻldiriladi.
Avvalroq maktab oʻquvchilari uchun taʼtildan keyingi oʻqish 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanishi maʼlum qilingandi.
Samarqanddagi OTMlarda hech gap yoʻqmi? Aslini olganda oliygohlar mustaqil boʻlgach, xuddi TKTIga oʻxshab, taʼtil vaqtini ham oʻzi belgilashi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring