Kattaqo‘rg‘onda vahshiylarcha qotillikka qo‘l urgan ayol 15 yilga qamaldi

11:15 29 May 2018 Jamiyat
3245 0
Illyustrativ foto

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida mudhish qotillik sodir etildi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, tumanning “Moybuloq” mahallasida yashovchi Gulsanam (ismlar o‘zgartirilgan) eri Ahmadni Mavluda ismli turmush o‘rtog‘i vafot etgan qo‘shni ayoldan rashk qilib janjal ko‘taradi. Mojarolar natijasida Mavluda eri tomonidan kaltaklanadi.

Alamzada ayol voqealarni unutish maqsadida spirtli ichimlik ichadi va mast holatida bo‘lgan vaqtida uyiga kelgan Gulsanamning qizi Gulnigordan alamini oladi. U xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Birinchi zarbadan so‘ng Gulnigor hushini yo‘qotib yerga yiqiladi. Ayol yana bir necha bor begunoh bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok bo‘ladi.

Bir oz vaqt o‘tib, qilgan ishidan qo‘rqib ketgan Gulsanam katta qizi Nozima bilan jasadni qishloq chetidagi axlatxonaga olib boradi. Uning portfeli va kiyimini hojatxonaga tashladi. Qotil qiziga bo‘lgan voqea haqida hech kimga hech nima demasligini uqtirdi.

Mavluda qizi yo‘qolib qolganidan xavotirga tushib, ichki ishlar idoralariga murojaat qiladi. Bir hafta davomida qizaloqning barcha tanishlari, o‘qituvchilari va maktab direktori so‘roq qilinadi. Ichki ishlar xodimlari bilan suhbatda Mavluda qizi qo‘shnisining farzandi bilan do‘st bo‘lgani, ularnikiga tez-tez mehmonga borib turganini aytadi.

Ichki ishlar xodimlari Gulsanam hovlisidagi hojatxonada portfel va o‘ldirilgan qizaloqning kiyimlarini, axlatxonada esa Gulnigorning maydalangan jasadini topadi.

Tergov vaqtida Gulsanam aybini tan oldi. Sud hukmi bilan u 15 yil 3 oy qamoq jazosini oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер