Samarqanddagi MCHJda 552 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi

15:06 17 Fevral 2026 Jamiyat
357 0

Samarqand shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Hududgaz Samarqand” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Maʼlum boʻlishicha, shaharning Tepaqul koʻchasida joylashgan «Y« MCHJga qarashli binoda xatlov oʻtkazilganda, bino egasi loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh etilgan.

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 552 million 384 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Mazkur qonunbuzilish holati boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер