Samarqanddagi maktabda 45 yoshli ayol 1-sinf oʻquvchilarini urdi

11:15 08 Aprel 2026 Jamiyat
223 0

Videodan kadr

Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi maktabda 45 yoshli ayol 1-sinf oʻquvchilariga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etdi. Bolalar ombudsmani mazkur holat maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 6-aprel kuni kuni Qoʻshrabot tumanida joylashgan 53-umumtaʼlim maktabida yuz bergan. Aniqlanishicha, 3-aprel kuni maktabda dars mashgʻulotlari tugagach, 1-sinf oʻquvchilari uylariga ketayotgan vaqtida oʻzaro nizolashgan.

Buning ortidan 6-aprel kuni oʻquvchi E.H. (7 yoshli oʻgʻil bola)ning onasi M.Y. (45 yoshli ayol) maktabga kelib, oʻquv sinfida janjal koʻtarib, goʻyoki oʻgʻli bilan urishgan O.H. (7 yoshli oʻgʻil bola) va S.R. (7 yoshli oʻgʻil bola)ni taʼqib etib, urgan va haqorat qilgan. Xonaga kirib kelgan erkaklar janjal koʻtargan ayolni tinchlantirib, uni toʻxtatishga uringan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Qoʻshrabot tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Maktabdagi taʼlim jarayoniga tashqaridan hech bir shaxslarning kirib borishi, oʻquvchilarning jismoniy va ruhiy sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi harakatlar qilishi qatʼiyan taqiqlangan. Taʼlim muassasasida masʼullar oʻquvchi bolalar uchun xavfli bu kabi nomaqbul vaziyatlarga yoʻl qoʻyishi mumkin emas”, deydi Bolalar ombudsmani.

Bildirilishicha, mazkur holat nazoratga olinib, Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida IIB va MTMV tomonidan oʻrganilmoqda. Bu borada qoʻshimcha tarzda axborot taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер