Samarqanddagi yemakxonalardan biri yonib ketdi

11:32 10 Mart 2025 Jamiyat
310 0

Videodan kadr

Samarqand shahrida joylashgan oshxonada yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10-mart kuni soat 09:33 da shaharning “Birdamlik” MFY Gulobod koʻchasida joylashgan “X.F.” oilaviy korxonasiga qarashli oshxonada yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar berilgan.

Shunga koʻra, 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:36 da yetib borib, 10:10 da alangani toʻliq bartaraf etgan. Hodisa oqibatida oshxonaning shift qismi va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Yongʻin tufayli jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер