Samarqanddagi «Boqiy shahar» majmuasida boj olinmaydigan savdo doʻkonlari ish boshladi
Yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarga ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan qulayliklar yaratish orqali ularning sonini oshirish maqsadida Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida 2 ta boj olinmaydigan savdo doʻkonlari oʻz faoliyatini boshladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur savdo doʻkonlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet ellik shaxslarga xizmat qiladi va bu yerda chet el va Oʻzbekiston tovarlari Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida chakana tartibda realizatsiya qilinadi.
Doʻkondagi chet el tovarlari shaxsni tasdiqlovchi hujjat va uchib ketish aviachiptasi taqdim etish orqali tanlab olinib xarid qilinadi hamda tanlangan tovarlar shaxsning uchib ketish kunida xalqaro aeroportlarda taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring