Samarqanddagi AYQShda dahshatli portlash yuz berdi, qurbonlar bor
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlash oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqoʻrgʻon tumani “Qushtepa” MFYda joylashgan “Yigitali” MChJga qarashli AYQSh hududida yuz bergan.

Shoxobcha hovlisida “ZIL” rusumli avtomashina yer ustki qismida joylashgan 2 ta — hajmi 10 m3 boʻlgan yoqilgʻi saqlovchi sigʻimlariga solyarka quyayotgan vaqtida yongʻin sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring