Samarqanddagi ayanchli YTHda “Jiguli” haydovchisi halok boʻldi

10:20 07 Oktyabr 2024 Jamiyat
283 0

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yuk mashinasi va “Jiguli” oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, holat 4-oktyabr kuni soat 23:20 atrofida tumanning Iskandariy mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R46 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. GAZ53 haydovchisi qayrilib olish mumkin boʻlmagan joydan harakatlanganida toʻgʻridan kelayotgan VAZ2103'ni oʻtkazib yubormasdan YTH sodir etgan.

Oqibatda yengil mashina haydovchisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida halok boʻlgan.

“Hozirgi kunda mazkur hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер