Samarqanddagi 16 ta saylov uchastkasini onlayn kuzatish mumkin

18:38 05 Oktyabr 2021 Jamiyat
1606 0

Foto: Abdulaziz Yo'ldoshev / Xalq so'zi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisida maʼlum qilinishicha, hududda tuzilgan 1111 ta saylov uchastkasi sifatli telefon va internet aloqasi bilan taʼminlangan.

– Saylov uchastkalarining barchasi 4 Mbit/s tezlikdagi internet tarmogʻiga ulangan, - deydi “Oʻztelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali boshligʻi N.Eshnazarov. – Jumladan, 1061 ta saylov uchastkasi optik tolali kabel, 50 ta saylov uchastkasi radiomost orqali tarmoqqa ulandi. Aloqa sifatini taʼminlash, muammolar yuzaga kelsa, tezda bartaraf etish maqsadida barcha uchastkaga masʼullarni biriktirdik. Bundan tashqari shahar va tumanlardagi 16 ta uchastka saylov komissiyasi faoliyatini onlayn kuzatib borish uchun kameralar oʻrnatildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер