Samarqandda “Jiguli” katta tezlikda piyodani urib yubordi
12-noyabr kuni Samarqandda katta tezlikda harakatlanayotgan “Jiguli” piyodani urib yubordi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, avtomobil beton panjaraga ham urilgan.
Qayd etilishicha, avtohalokatga haydovchining yuqori tezlikda harakatlanishi tufayli boshqaruvni yoʻqotgani sabab boʻlgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Haydovchi tan jarohati olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring