Samarqandda yoshlari festivali
Foto: Халқ сўзи
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim muassasasi talabalari, akademik litsey, texnikum hamda hamkor mahallalar yoshlari tadbir doirasidagi yigirmadan ortiq loyihalarda ishtirok etdi.

Yoshlar bayramining ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etilishi hamda oliygohning maqomi oshishi barchaga katta masʼuliyat yuklashini taʼkidlab, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishda bilimli, shijoatli, salohiyatli yigit-qizlar hal qiluvchi oʻrin tutishiga urgʻu berdilar.

Yoshlar festivali davomida intellektual tanlovlar va sport musobaqalari oʻtkazildi. Faol yoshlar va murabbiylar taqdirlandi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring