Samarqandga info-tur tashkil etildi

13:12 16 Oktyabr 2020 Jamiyat
1350 0

Samarqand shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Samarqand viloyati hokimligi koʻmagida viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan 16-17-oktyabr kunlari ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun info-tur tashkil etildi. 

Info-tur davomida dastavval, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Tadbir davomida Samarqand viloyati A.S. Pushkin nomidagi qayta taʼmirdan soʻng foydalanishga topshirilgan axborot-kutubxona markazining ochilish marosimi oʻtkazildi. Maʼlumotlarga koʻra, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti xiyobonida joylashgan ushbu kutubxona 1911-yilda barpo etilgan boʻlib, kutubxona fondida 643 mingdan ziyod kitoblar mavjud. Ulardan 7000 tasi nodir kitoblar sanaladi. 
Ayni paytda ishtirokchilar Samarqand tumanida joylashgan “Konigil” turizm qishlogʻining ochilish marosimiga yoʻl oldi. 

Batafsil keyingi xabarlarda. 

Yulduz Oʻrmonova 
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер