Samarqandda yangi masjid faoliyat boshladi

11:39 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
1827 0

Respublikamizda fuqarolarning din va e’tiqod huquqlarini ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 

Hozirgi kunda yurtimizda 2292 ta diniy tashkilot faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, ulardan 2074 tasini masjidlar tashkil qiladi. 

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 17 sentyabrida “Yangiobod” jome’ masjidi 321-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi natijasida masjidlar soni 2075 taga yetdi.

Masjid Samarqand shahar, “Mash’al” MFY da joylashgan.

Shu kunga qadar, Samarqandda jami 808 ta nodavlat notijorat tashkiloti va 309 ta diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 287 ta islomiy yo‘nalishdagi va 22 ta noislomiy yo‘nalishdagi diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер