Samarqandda yangi institut ochildi

16:17 15 Avgust 2024 Jamiyat
715 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Toshkentdagi ISFT (International School of Finance Technology and Science) instituti Samarqand filialining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

— ISFT instituti ilk bor 2021-yilda Toshkent shahrida tashkil etildi. Jahon standartlariga mos mutaxassislar tayyorlanmoqda, — dedi institut rektori Ibrohim Gʻulomov. — Bugun faoliyatimizni yanada kengaytirib, Samarqand shahrida institut filialini ochdik. Buning uchun avvalo, ushbu taʼlim muassasasini qurgan homiylar, quruvchilarimizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Yangi oliy taʼlim binosi 5 qavatdan iborat boʻlib, unda zamonaviy oʻquv xonalari, faollar zali, oshxona, sport maydoni, 25 ming kitobga ega kutubxona mavjud. Oʻquv xonalarining barchasi kameralashtirilgan va konditsionerlar bilan jihozlangan.

Darhaqiqat, ISFT instituti “International School of Finance Technology and Science” Samarqand filialida xalqaro biznes boshqaruvi, pedagogika, moliya-iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar fakultetlari boʻlib, ularda 17 yoʻnalishda bakalavr 3 yoʻnalishda magistrlar tayyorlanadi. Bu yil 300 nafar talaba grant asosida oʻqishga qabul qilinadi. Darslar oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladi.

Tadbir soʻnggida Toshkent ISFT institutini aʼlo baholar bilan bitirgan bir guruh talabalarga noutbuk va sertifikatlar topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер