Samarqandda “Volvo” avtomobili yonib ketdi
17-noyabr kuni soat 13:54 da Samarqand shahri Narpay koʻchasidagi avtoturargohda “Volvo-940” rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Soat 14:08 da avtomobil yongʻini oʻchirildi. Maʼlum boʻlishicha, yongʻinga qisqa tutashuv sabab boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Qayd etilishicha, hozirda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring