Samarqandda umumtaʼlim maktablariga kompyuter jamlanmalari tarqatildi

18:15 18 Iyul 2025 Jamiyat
398 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan respublika boʻyicha umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maʼnan eskirgan kompyuterlarni yangilariga almashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Samarqand viloyatidagi umumtaʼlim maktablarining barcha kompyuter xonalari xatlovdan oʻtkazilib, 135 ta maktabga zamonaviy kompyuter texnikalari ajratildi. Shu munosabat bilan Samarqand shahrining Koʻksaroy maydonida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” nomli kompyuter jihozlari karvoni saf tortdi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, maktablarda yoshlarning kompyuter jihozlaridan samarali foydalanib taʼlim olishi uchun qulay sharoitlar yaratilayotganini taʼkidladi.

Har bir jamlanmada 17 tadan kompyuter boʻlib, jami 2295 tani tashkil etadi. Yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashida bunday jihozlarning oʻrni katta.

— Ayrim maktablarimizda maʼnan eskirgan kompyuterlar bor edi. Bu yangilikni eshitib, maktab direktorlari juda xursand boʻldi, — dedi Ishtixon tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Gulchehra Saidmurodova. — Tumanimizdagi oʻnta maktabga bir komplektdan kompyuter jihozlari berildi. Endilikda oʻquvchilarimiz ulardan foydalanib IT texnologiyalari boʻyicha koʻnikmalarini yanada mustahkamlaydi.

Maktablarga kompyuter jamlanmalarini yetkazib berish davom etadi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер