Samarqandda uch aka-uka 18 yoshli yigitni kaltakladi

17:44 12 May 2025 Jamiyat
330 0

Videodan kadr

Samarqand shahrida uch aka-uka 18 yoshli yigitni kaltakladi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 9-may kuni soat 20:30 da Samarqand shahar “Charmgari” mahallasi hududida sodir boʻlgan. 18 yoshli yigit oʻziga tegishli boʻlgan skuterda shu hududdan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida harakatlanib ketayotganida “Malibu” rusumli avtomashina yoʻlovchilari bilan ogʻzaki tortishib qolgan.

Shundan soʻng, skuter haydovchisi yoʻl yoqasidagi doʻkonlardan biri yonida toxtagach, 2005, 2008 va 2012-yilda tugʻilgan aka-ukalar uni urib, tan jarohati yetkazgan. Voqea kuzatuv kamerasiga muhrlanib qolgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер