Samarqandda terroristik tashkilotlar tarafdorlarining Suriyaga chiqib ketishi oldi olindi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB bilan hamkorlikda 3 noyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir doirasida Samarqand shahrida yashovchi D.Ya. va F.M.lar 8 nafar mahalliy fuqaro bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda virtual jamoat tuzib, “jihod”ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganliklari va kelgusida mazkur guruhning 2 nafar aʼzosi Suriya davlatiga “jihod” qilish maqsadida chiqib ketishni rejalashtirganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tadbir davomida “virtual jamoat” aʼzolarning noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring