Samarqandda temir yoʻllarda yoʻlovchi tashish boʻyicha xalqaro anjuman oʻtkazildi

17:44 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
444 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Ushbu xalqaro konferensiyada Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar temir yoʻllarining Yoʻlovchi tashish xoʻjaligi oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Uch kun davom etadigan anjumanda “Express International” yoʻlovchi poyezdlarning xalqaro integratsion tizimini yaratish va uning vazifalarini amalga oshirish, 2023-yilning 8 oyi mobaynida xalqaro yoʻlovchi tashishni rivojlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar va Kengash ishchi organlarining oldindan tayyorlangan hujjatlar, qarorlar, murojaatlar loyihalari koʻrib chiqilyapti.

Unda mutaxasislar tomonidan sohani istiqbollari, zamonaviy loyihalar asosida rivojlantirish, bu borada oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, yoʻlovchilarga tezkor, qulay elektron xizmat koʻrsatish tizimini takomllashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Maʼlumki, MDH va Boltiq boʻyi mamlakatlarida temiryoʻl yoʻlovchilariga bilet sotish, joylarni band qilish bilan bogʻliq barcha operatsiyalar “Ekspress-1”, “Ekspress-2” va “Ekspress-3” elektron tizimlari orqali amalga oshirilib kelingan. Hozirda “Ekspress-3” tizimidan foydalaniladi. Bu tizim taraqqiyotning oʻzgarishi tufayli zamonaviylashtirishni talab qilmoqda. Shundan kelib chiqib yigʻilishda temiryoʻl yoʻlovchilariga qulaylik yaratish, bu borada xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, “Ekspress” tizimini qayta tashkil etishga eʼtibor qaratilmoqda.

Milliy “Ekspress” tizimi raqamlashtirilishi va “Ekspress Interneshynl” tizimiga intergatsiya qilinishi yoʻlovchilarga birmuncha qulaylik yaratadi. Hozirda barcha xarid qilinayotgan chiptalarning sal kam 50 foizi elektron shaklda sotilayapti. Bu koʻrsatgichni kelgusi yili yanada oshirish rejalashtirilgan.

— “Ekspress-3” tizimining xizmat qilish davri tugab borayapti. Biz hammamizga maʼqul boʻlgan “Ekspress Interneyshnl”ning yangi avlodni ishga tushirmoqchimiz, — deydi “Ekspress” ilmiy-markazi direktori Andrey Komissarov. — Bu tizim zamonaviy boʻlib, yoʻlovchilarga tezkor bilet sotish, MDH hududidagi reyslar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotlar berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tizim Rossiyada ishlayapti, oʻzbekistonlik hamkasblarimiz ham bizni qoʻllab-quvvatlashmoqda. Yaqin yillarda MDH davlatlarida bu zamonaviy tizim faoliyati yoʻlga qoʻyilsa, natijasiga yoʻlovchilar tezda guvoh boʻladi deb oʻylayman.

Mazkur uchrashuv yakunlari boʻyicha xalqaro va ichki qatnovli poyezdlar uchun MDH hududida elektron sayohat hujjatlarini amalga oshirishni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar koʻriladigan bayonnoma imzolanadi.

29-sentyabrgacha davom etadigan anjumanda shuningdek, MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida xalqaro yoʻlovchi tashish toʻgʻrisidagi bitimning ayrim normalarini qoʻllash xususiyatlari toʻgʻrisidagi davlatlararo yoʻlovchi tashish tariflari koʻrib chiqiladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер