Samarqandda qum bo‘roni kuzatildi

16:34 19 Iyun 2018 Jamiyat
4824 0

Bugun 19 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 13:20lar atrofida Samarqand viloyati hududida kuchli bo‘ron kuzatilgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda bir qator video va foto tasvirlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shamol o‘zi bilan qum uyumlarini ham havoga ko‘targan va natijada qum bo‘roni yuzaga kelgan. Qayd etilishicha, qum bo‘roni hududdagi daraxtlarni ag‘darib, elektr uzatish tizimlariga ham jiddiy zarar yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari hududida tuzli bo‘ronlar kuzatilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер