Samarqandda qidiruvdagi jinoyatchi yoʻlovchilar orasidan topildi

14:58 11 Dekabr 2021 Jamiyat
975 0

Samarqand viloyatida bir necha jinoyatlarda ayblanayotgan, qidiruvda boʻlgan jinoyatchi yoʻlovchilar orasidan topildi. Bu haqda "Postda" xabar berdi.

Samarqand viloyati Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan, “Yutong” rusumli avtomashina YHXB xodimlari tomonidan toʻxtatilib, tekshirilgan.

Tekshiruv davomida mashinada oʻgʻrilik, bosqinchilik kabi bir nechta jinoyatlarni sodir etib, qochib yurgan shaxs — Kattaqoʻrgʻon shahar Mashrab koʻchasida yashovchi fuqaro X.F. borligi aniqlangan va qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер