Samarqandda noqonuniy qum qazib olgan korxona tabiatga 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazdi

17:28 21 Mart 2025 Jamiyat
416 0

Foto: Ekologiya vazirligi

Samarqand viloyatidagi Qoradaryo daryosi hududidan qum-shagʻal noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirilgan. Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olish va uni maydalash zavodiga olib ketish holati aniqlanib, jarayon inspektorlar tomonidan toʻxtatilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 722 million 666 ming soʻm ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, yigʻilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер