Samarqandda “Nexia-2” piyodani urib ketdi
Samarqand shahrida “Nexia-2” piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yil 8-aprel kuni soat 12:00 larda Samarqand shahar Ibn Sino koʻchasi boʻylab Boʻstonsaroy koʻchasi tomonga qarab harakatlanib ketayotgan “Nexia-2” rusumli avtomashina ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismini kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida fuqaroga tan jarohati yetmagan hamda u shifoxonaga murojaat qilmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha piyodalardan yoʻlning belgilangan qismidan kesib oʻtishlarini va haydovchilardan piyodalarga eʼtiborli boʻlib, yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻrab qolamiz”, deyiladi YHXB xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring