Samarqandda “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirida “Xoʻja Soat” mahallasidagi uyda yashovchi У.У. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida 4 ta toʻplamdagi “Antimer” qurilmasini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga yashirincha ulab, 91,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring